«Atletiko» Lyuka Ernandesga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1094

“Atletiko” himoyachi Lyuka Ernandesni “Bavariya”ga 80 mln evro evaziga sotganidan keyin, frantsiyalik futbolchining o'rniga futbolchi qidirmoqda.
Madridliklar “Bayer” himoyachisi Vendellni sotib olishi mumkin deb xabar beradi As.
Avvalroq, “Atletiko” 25 yoshli futbolchiga qiziqgan edi, yaqinda esa u haqida ma'lumotlarni yig'ishni boshladi.
Germaniya klubi chempionlar ligasiga maqsadida, Vendelni o'tgan yil yozda PSJ va “Roma”ga sotmagan edi.
Joriy yil esa klub uni qo'yib yuborishi mumkin. Uning transfer narxi 20 mln evroga baholanmoqda.
Bild nashrining xabar berishicha, “Bayer” ham Vendellga o'rinbosar izlamoqda va hozirda “Gamburg” himoyachisi bilan kelishib olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180