Puli ko'pmi? "Espanol" Pikega javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 967
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike uning boyligi "Espanol" klubining byudjetidan ko'proq ekanini aytdi.
"Mening boyligim "Espanol"ning bu yilgi byudjetidan ko'proq", - deya 32 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi RMC Sport.
"To'tiqushlar" ("Espanol"ning laqabi) "Barsa" himoyachisiga Tvitter orqali javob berdilar: "Oq-havorang yurak - mana bizning boyligimiz, u evroga baholanmaydi".
"Barselona" va "Espanol" bugun, 30 mart kuni La liganing 30-turi doirasida o'zaro uchrashadilar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!