Koutino Messi tufayli «Barselona»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3592

«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutino boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchi Braziliya termadagi jamoadoshlariga "Barsa"dan ketish haqida o'ylayotganini aytib o'tdi. Koutino o'z klubida etakchi bo'lishni istaydi. Ammo «ko'k-anorranglilar» safida Lionel Messi o'ynar ekan, buning iloji yo'q.
Avvalroq kataloniyaliklar rahbariyati Koutinoning agentiga futbolchini qo'llab-quvvatlashini va uni boshqa jamoaga qo'yib yuborish niyati yo'qligini ma'lum qilgandi.
Yarim himoyachi 2018 yilning yanvar oyida 135 million evro evaziga «Liverpul»dan "Barselona"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda Koutino jami 41ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi. Unga «Manchester Yunayted» klubi tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Bosh sahifaga
152