"Manchester Yunayted"ning mart oyidagi taqvimi o'zgartirildi. O'yinlar endi yangi vaqtlarda boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

"Manchester Yunayted"ning bir nechta APL bahslari qaytadan taqvimlashtirildi. Xabarga ko'ra, MYuning mart oyidagi o'yinlari jonli efirlar bilan qamrab olinishini ta'minlash maqsadida yangi vaqtlarga belgilangan.
Xususan, "Man Siti"ga qarshi derbi 6 mart kuni mahalliy vaqt bilan 16:30da start oladi (TShV: 21:30). Keyingi haftada bo'lib o'tadigan "Tottenxem"ga qarshi bahs esa, 12 mart kuni mahalliy vaqt bilan 17:30da boshlanadigan bo'ldi.
Undan keyin "Liverpul"ga bilan o'yin ham mavjud bo'lib, ushbu bahs 20 mart, 16:30ga belgilandi. Shuningdek, MYuning dekabr oyida "Brayton"ga qarshi qoldirilgan o'yini 15 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 20:15da boshlanadigan bo'ldi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264