Allegri Kulusevskini sotishga rozilik berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Federiko Kezaning jiddiy jarohat olib, tarkibda kadrlar muammosi yuzaga kelganiga qaramay, "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Deyan Kulusevskiga nisbatan o'z fikrini o'zgartirdi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovichni "Yuventus" tarkibiga kelib qo'shilishi klubda maoshlarni tartibga solish zaruratini keltirib chiqarmoqda, shu sababli, 21 yoshli futbolchining jamoadan ketishi mumkin.
Kulusevskining boshqa jamoaga o'tishi bo'yicha muzokaralar Kezaning jarohat olgan paytida to'xtatilgandi, lekin, Ispaniyaning "Sevilya" klubidan kelib tushgan taklif "Yuventus"ning fikrini o'zgartirdi.
Joriy mavsum Deyan "Yuventus" tarkibida 27 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol kiritdi va uchta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt portali uning transfer narxini 30 million evro atrofida baholamoqda.

Bosh sahifaga
274