"Atalanta" "Yuventus" bilan "Jenoa" futbolchisi uchun kurash boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

"Atalanta" klubi yarim himoyachisi Robin Gosens "Inter"ga ko'chib o'tganligi sababli, uning o'rniga boshqa futbolchi olib kelishni niyat qilgan.
Bergamoliklar "Jenoa" futbolchisi Andrea Kambiassoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirishmoqda. 21 yoshli futbolchi genuyaliklar tarkibida muntazam ravishda o'ynab kelmoqda.
21 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsum "Jenoa"ning 24 ta uchrashuvida maydonga tushdi va bitta gol kiritib, to'rtta golga assistentlik qildi.
Ushbu futbolchi uchun "Atalanta"ga "Yuventus" klubi raqiblik qilishi mumkin.
Ushbu transferning narxi 5 million evro miqdorida baholanmoqda. Kambiassoning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281