"Lester Siti" ustozi Brenden Rojers buni tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Lester" ustozi Brenden Rojers "Brayton"ga qarshi bahsda taktik xatoga yo'l qo'yganini tan oldi. "Tulkilar" APLda so'nggi turni Graxam Potterning "chag'alaylar"iga qarshi o'tkazgan edi.
Hisob 1-1 bilan yakun topgan. Patson Dakaning ikkinchi bo'lib avvalida urgan goliga Danni Uelbek so'nggi daqiqalardagi bosh bilan kiritgan gol bilan javob qaytargan.
Brenden Rojers o'sha o'yinda to'rtta himoyachini o'yin oxirrog'ida uchtalikka almashtirgani jamoasiga qimmatga tushganini tan oldi.
Eslatib o'tamiz, "Lester" bundan oldingi turda "Tottenxem"ga qarshi bahsda ham so'nggi daqiqada ikkita gol o'tkazib, g'alabani boy bergan edi.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255