Bugun boks bo'yicha Osiyo chempionatida finalchilar aniqlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Qisqa tanaffusdan so'ng boks bo'yicha Toshkentdagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etadi. Bugun barcha toifalarda yarim final janglari o'tkazilib, chempionlik sari o'z yurishini davom ettiradigan sportchilar aniqlanadi.
Rejaga ko'ra, bugun 12:00 dan 16:00 gacha ayollar o'rtasida, 17:00 dan 21:00 gacha erkaklar yarim final bellashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda jahon chempioni Nigina O'ktamova, shuningdek, Javlonbek Yo'ldoshev, Sitora Turdibekova, Ruslan Abdullaev kabi 17 nafar vakilimiz ringga ko'tariladi. Bellashuvlarni tomosha qilishni istagan muxlislarni «Universal» sport majmuasiga chorlab qolamiz.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255