O'zbekiston bugun Janubiy Sudan bilan o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Srechko Katanets jamoasiga Janubiy Sudan terma jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv Dubay shahridagi "The Sevens" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, dastlabki rejaga ko'ra, 27 yanvar kuni milliy jamoamiz Bahrayn terma jamoasi bilan o'ynash borasida muzokaralar olib borgandi. Biroq Bahrayndagi epidemiologik vaziyat sababli ushbu jamoa BAAdagi yig'inini bekor qilishga majbur bo'ldi. Natijada 27 yanvar kuni Dubayda yig'inda bo'lib turgan Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o'yin o'tkazish borasida o'zaro kelishuvga erishildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255