"Vest Xem" yosh hujumchi uchun 25 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"Vest Xem" hujumchi sotib olishni tezlashtirmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "bolg'achilar" rahbariyati "Reyms" klubi futbolchisi Yugo Ekitike uchun taklif yuborgan.
Taklif ikki marta yuborilgan bo'lib, birinchisining qiymati 15 million evroni tashkil etgan. Ushbu qiymat rad etilgach, 25 million evrolik ikkinchi so'rov yuborilgan.
19 yoshli hujumchi bu mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Ekitike 21 marta maydonga tushib, 8 bor raqiblar darvozasini nishonga ola bilgan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
362