APL klubi "Dinamo" futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Angliyaning «Byornli» klubi Zagrebning «Dinamo» jamoasi yarim himoyachisi Mislav Orshichni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
The Telegraph nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, ushbu transfer 9 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Orshich Evropa Ligasining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgandi. Chorak final doirasida «Tottenxem» jamoasiga qarshi o'yinda xorvatiyalik futbolchi xet-trik qayt etgandi.
Joriy mavsum 29 yoshli Orshich Xorvatiya chempionatida 16 ta uchrashuv o'tkazib, 5 ta gol kiritdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249