Terma jamoaga yangi futbolchilar kelib qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Xabaringiz bor, OFK kalendariga muvofiq, 24 yanvardan Osiyoda terma jamoalar uchun FIFA kunlari boshlandi.
Xususan, o'zbekistonlik legioner futbolchilar ham terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilmoqda. Bugun Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Otabek Shukurov, Aziz G'aniev, Jaloliddin Masharipov, Shahboz Umarov va Eldor Shomurodov milliy terma jamoa safidan joy oldi.
Shuningdek, Abror Ismoilov tizzasidan olgan engil jarohati sabab, shifokorlar tavsiyasiga ko'ra muddatidan oldin terma jamoa yig'inini tark etdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351