O'zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingida 42-o'rinni egalladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2501

FIFA ayollar terma jamoalari o'rtasidagi reytingni e'lon qildi. Unga ko'ra O'zbekiston ayollar terma jamoasi 42-o'rinni egalladi. Osiyoda terma jamoamiz 9-o'rinda bormoqda.
Avstraliya terma jamoasi umumiy reytingda 6-o'rinni egallagan holda, Osiyo terma jamoalari ichida etakchilikni saqlab turibdi.
Yaponiya va KXDR terma jamoalari kuchli uchlikni yakunlab berishgan. Butun dunyo bo'yicha AQSh terma jamoasi birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rinda Germaniya, uchinchi o'rinda esa Angliya terma jamoalari joy olishgan.
Ayollar terma jamoalari o'rtasidagi FIFAning to'liq reytingi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
152