Yana bir yangi loyihaga qo'l urildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1159

2019 yildan boshlab Toshkent shahri maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining “Kichkintoylar ligasi”, umumta'lim maktablari o'quvchilarining “Maktablar ligasi”, o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari o'quvchilarining “Yoshlar ligasi” va Oliy ta'lim muassasalari talabalarining “Talabalar ligasi” sport o'yinlarini o'tkazish yo'lga qo'yiladi.
Basketbol, voleybol, gandbol va mini-futbol turlarini o'z ichiga olgan mazkur sport anjumani joriy yil yanvar oyining 25 sanasidan iyun oyining 10 sanasiga qadar 4 bosqichda o'tadi. Musobaqa nizomi Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan.
Ushbu loyiha orqali poytaxtimizdagi barcha ta'lim muassasalari yoshlari qamrab olinadi.

Bosh sahifaga
156