Benzema "Real Madrid"da o'ynash haqidagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
Madridning “Real” klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema qirollik klubida ko'p yillik o'ynagan tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Madrid men uchun hamma narsani anglatadi. Ispaniyada o'zimni uydagidek his qilaman. Hayot tarzi a'lo darajada, ishim yaxshi. "Real Madrid"dek klubga kelganingda, o'zingga buni aytmaysan. 15-20 yoshda, siz birinchi navbatda o'zingizga imkon qadar tezroq chempionlikni qo'lga kiritishni xohlayotganingizni aytasiz, chunki bu dunyodagi eng katta klub.
Menda sardorlik bog'ichi bo'lsa, u meni etakchilikka undaydi.
Muxlislarning “Oltin to'p” uchun mening nomimni kuylashlarini, tug'ilgan kunimda kuylashlarini ko'rish meni harakatga keltiradi.
Chempionlar ligasi o'yinlari o'zgacha. Odamlar buni kutmoqda. Stadionga faqat o'yin o'ynash uchun bormaysiz. Siz odamlarga nimadir berishingiz kerak, chunki siz ham ular uchun futbol o'ynaysiz”, dedi frantsiyalik hujumchi Telefoot nashriga.