Toshkentda OFK ayollar futboli kuniga bag'ishlangan futbol festivali o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2860
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan bugun, 29 mart kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ayollar kuniga bag'ishlangan an'anaviy futbol festivali o'tkazildi. Festivalni o'tkazishdan asosiy maqsad bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarda futbolga bo'lgan qiziqishni uyg'otish, futbolni ommaviylashtirish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat bo'ldi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun'iy qoplamali maydonida o'tkazilgan festivalda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan tashrif buyurgan 7-10 yoshdagi 200 nafardan ortiq qizlar ishtirok etishdi. Festival yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!