«Bunyodkor» muxlislari diqqatiga!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1165

“Bunyodkor” jamoasi Superliganing 2-turida “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi.
“Bunyodkor” fan-klubi poytaxt derbisiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida bugun jamoaga befarq bo'lmagan muxlislar uchun yig'ilish o'tkazadi. Ishqibozlarni “Milliy” stadionning 4-kirish darvozasi oldiga soat 16:00ga kelishlari so'raladi.
Muxlislar o'zlari bilan pasport nusxasi va 2 dona 3x4 o'lchamdagi fotosurat olib kelishlari lozim. Fan-klubga a'zo bo'lgan ishqibozlarga futbolka, kepka va sharf taqdim qilinadi. Faolligi bilan ajralib turgan muxlis yil yakunida klub tomonidan maxsus sovg'a bilan taqdirlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185