Sulsherning «MYu»ning maoshi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 835
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klub bilan to'laqonli shartnoma imzolaganidan keyin APLda eng ko'p maosh oladigan mutaxassislardan biriga aylandi.
The Sun tarqatgan xabarga ko'ra, norvegiyalik murabbiyning yillik maoshi 8,7 mln. evroga etdi. Bu borada Sulsher Angliya premer-ligasi murabbiylari orasida uchinchi ko'rsatkichga ega bo'ldi.
APLda eng ko'p maoshni «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola (17,5 mln evro) va «Tottenxem» ustozi Maurisio Pochettino (€ 10 mln evro) olishadi. «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa Sulsherdan biroz kamroq maosh oladi — 8,2 mln funt. Keyingi o'rinlarni Unai Emeri («Arsenal», 7 mln funt) va Mauritsio Sarri («Chelsi», 6 mln. funt) egallab turibdi.
«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoning yillik maoshi 17,5 mln. evroga teng edi.