Jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi kafedra tashkil etiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2220
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O'zbekiston Respublikasining Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 o'quv yilidan boshlab:
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari bo'yicha kafedra tashkil qiladi;
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavr yo'nalishiga ajratilgan qabul kvotalarini yo'nalishlar bo'yicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun o'rin ajratilishi yuzasidan takliflarni O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Shuningdek, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo'lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019/2020 o'quv yilidan boshlab idoraviy mansubligidan qat'i nazar kasb-hunar kollejlarida sport inshootlariga va qishki sport turlari bo'yicha xizmat ko'rsatish bo'yicha yo'nalishlar tashkil qiladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi Sog'liqni saqlash vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2019 yildan O'zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va bu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga bag'ishlangan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qiladi.