Ikardi "Inter"dan kechirim so'rashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 657

O'z hulqi uchun "Inter" mashg'ulotlari va o'yinlaridan chetlatilgan hujumchi Mauro Ikardi jamoadoshlaridan kechirim so'rashga tayyor.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi klub bilan yarashmoqchi. Argentinalik hujumchi barcha futbolchilar terma jamoalari safidan qaytib kelganlarida butun jamoa oldida uzrini aytmoqchi.
Italiya chempionatining navbatdagi turida "Latsio"ga qarshi o'yinda Ikardining madonga tushishi kutilmoqda.
Hammasi Ikardining xotini va agenti Vanda Naraning klubni tanqid qilganidan so'ng boshlangan edi. Vandaning fikricha, klub uning turmush o'rtog'ining qadriga etmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
128