"Barselona" Malkomni 50 milliondan kamiga sotmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 664

"Barselona" yarimhimoyachi Malkomning transferi borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, futbolchini o'tgan yilda "Bordo"dan 41 mln evroga sotib olgan kataloniyaliklar uni 50 mln evrodan kamiga sotmoqchi emaslar.
Malkomga Evropaning bir nechta klublari qiziqish bildirishdi va talab qondirilsa, "Barselona" uni qo'yib yuboradi.
Malkomning agenti boshqa klublar bilan muzokara olib borilganini haqidagi xabarlarni inkor qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162