O'FA tez orada dolzarb muammolarni hal qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3612
362 aprel kuni O'FA Futbolchilar maqomi qo'mitasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazadi.
Mazkur yig'ilishda qo'mita uchun futbolchi yoki murabbiylardan kelib tushgan qarzdorlik bo'yicha arizalar ko'rib chiqiladi. Unda ariza mualliflari ishtirok etadi. Klub vakili sifatida esa bosh direktor yoki sport direktori qatnashadi.
Ayni vaqtda “Andijon” ustidan bir, “Navbahor” ustidan ikki, “Sho'rtan” ustidan besh va “Nurafshon” ustidan etti shikoyat arizasi kelgan.
Shuningdek, yanvar oyida AGMK bilan shartnoma tuzib, keyinchalik klub safini tark etgan futbolchilar masalasi ham ko'rib chiqiladi.
Diyor Imomxo'jaev
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!