Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2491
44Toshkentda 1-9 aprel kunlari ayollar jamoalari o'rtasidagi Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.
Shu munosabat bilan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur saralash o'yinlari uchun jurnalistlarni akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni boshlanganini ma'lum qiladi.
Musobaqani stadiondan yoritib borish istagida bo'lgan jurnalistlar shu yilning 31 mart kuniga qadar [email protected] elektron manziliga quyidagi ma'lumotlarni jo'natishlari kerak: *F.I.Sh. *Tashkilot nomi *Akkreditatsiya turi (PRE, PHOTO) *Foto 3x4 *Telefon raqami
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!