Do'smatov, Abdumurodov, Noraliev va Ro'zmetov Bokuda raqiblarini er tishlatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1008
Ozarbayjon poytaxtida boks bo'yicha xalqaro musobaqa start oldi. Musobaqaning birinchi kun dasturida Hasanboy Do'smatov, Foziljon Abdumurodov, Aliyor Noraliev va Dilshodbek Ro'zmetov kabi vakillarimiz ringga chiqib, raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.
-52 kg: Hasanboy Do'smatov – Axtem Zakirov (Rossiya) 5:0
-52 kg: Foziljon Abdumurodov – Mirmehdi Mehtizada (Ozarbayjon) 5:0
-64 kg: Aliyor Noraliev – Elnur Aliev (Ozarbayjon) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov – Andrey Kovalchuk (Rossiya) 5:0
Bugun bo'lib o'tadigan dasturda -60 kg, -69 kg va 75 kilogramm vazn toifalarida vakillarimiz jang olib borishadi.
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Nurlan Safarov (Ozarbayjon)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Serdar Amangeldiev (Turkmaniston)
-75 kg: Oqmurod G'aforov – Rasim Chobanli (Ozarbayjon)