Pato qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 622
Mashhur braziliyalik hujumchi Aleshandre Pato faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.
29 yoshli futbolchi yaqinda Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” klubi bilan shartnoma bekor qilgandi va ayni damda “San Paulu” safiga erkin agent sifatida qo'shildi.
Pato yangi klubi bilan uch yillik shartnoma tuzdi.
Ma'lumot o'rnida, Pato Xitoy Superligasida 23 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!