Sulsher ushbu haftada «MYu» bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1621

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ule-Gunnar Sulsherning agenti Jim Solbakken klub bilan muzokara olib borish uchun Angliyaga etib keldi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatdi.
Norvegiyalik mutaxassisning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum so'ngida yakuniga etadi. Manbaga ko'ra, Sulsher ushbu haftadayoq jamoaning to'laqonli murabbiyiga aylanadi, ammo bu haqda rasmiy ma'lumot keyinroq e'lon qilinishi mumkin.
Joze Mourino dekabr oyida iste'foga chiqarilganidan keyin Ule-Gunnar Sulsher «MYu» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Hozirda jamoa APL jadvalida 5-pog'onani band etib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187