"Barselona" Suaresga Angliyadan o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1519

El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni qo'shib olishi mumkin.
Kataloniyaliklar Luis Suares o'rniga hujumchi izlamoqdalar, urugvaylik futbolchi yaqin kelajakda yuqori saviyada o'ynay olmasligi mumkin.
Antuan Grizmanning transferi amalga oshmaganidan so'ng ikkita variant qoldi: Luka Yovich ("Ayntraxt") va Markus Reshford. Kataloniyaliklar aynan angliyalikka ko'proq e'tibor qilmoqdalar, chunki uning shartnomasi kelgusi yozda tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181