Edvin van der Sar: "Real"ni yutgan "Ayaks" "Yuventus"ni ham mag'lub eta oladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2968

"Ayaks"ning ijrochi direktori Edvin van der Sar jamoasining EChL chorak finalida "Real"ga qarshi o'yinlaridagi imkoniyatini chamaladi.
"Yuventus"ga qarshi yorqin o'yinlar kutib turibdi. Chorak finalga chiqqanimizdan xursandmiz. "Real" bilan Madridda yuqori saviyada o'ynadik va Amsetrdamda "Yuventus"ga qarshi ham shunday o'ynamoqchimiz.
Jamoa o'ziga ishonadi. U "Yuve"ni mag'lub eta oladi. Bizda yosh jamoa bor, Tadich va Blind kabi tajribali o'yinchilar bilan uyg'unlashgan.
"Real"ni yutdik, "Bavariya" bilan o'ynab o'zimizga ishonch paydo bo'ldi, chempionlar ligasida yurishda davom etib, "Yuve"ni mag'lub etishimiz mumkin", - deydi Van der Sar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203