Ronaldu Barselonada tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2579
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tibbiy ko'rikdan o'tish uchun «Barselona»ga bordi.
RAC1 xabariga ko'ra, futbolchi Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Serbiyaga (1:1) qarshi o'yinda olgan jarohati bo'yicha qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lmoqchi.
Avvalroq, «Yuventus» uning jarohati engil ekanini e'lon qildi. Ammo qachon maydonga qaytishi mumkinligi haqida xabar bermadi.
Joriy mavsumda Ronaldu «Yuventus» tarkibida 36ta o'yin o'tkazib, 24ta gol urgan va 12ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!