Paralimpiyachilarimiz maxsus sport protezlari bilan ta'minlanishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2562

O'zbekiston paralimpiya sportchilari Osiyo va Jaxon arenalarida o'z o'rniga ega bo'lgan sportchilardir. Buni so'nggi Paralimpiya va Para Osiyo o'yinlarida vakillarimiz qo'lga kiritgan natijadan bilib olish qiyin emas. Yurtimizda paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish va xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam aloqalarni o'rnatish maqsadida O'zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi rais o'rinbosari Abror Niyazov va engil atletika bo'yicha milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Sardor Abduxolikov bugun «OTTOBOCK» kompaniyasi (Germaniyaning imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun maxsus sport protezi ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya) mutaxassislari Tomas Domling hamda Anatoli Tirikni qabul qilishdi.
Muzokara davomida «OTTOBOCK» kompaniyasi mutaxassisi Anatoli Tirik paralimpiya sportchilarining natijalarini yanada yaxshilash borasida o'zlari tayyorlab kelgan dasturni taqdim etdi. Xorijlik mutaxassislar kompaniya tomonidan ishlab chikarilgan qurilmalarni paralimpiyachilarimiz 3 kunlik dastur amaliyotida qo'llab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishlarini ta'kidlashdi.
Suhbat yakunida mehmonlarga assotsiatsiya tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi


Bosh sahifaga
258