O'zbekiston ayollar OTJ nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3007
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkentda bo'lib o'tadigan Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida bugun «Chig'atoy» futbol maktabining 2004-2005 yillarda tavallud topgan o'g'il bolalardan iborat tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuv 5:3 hisobida terma jamoamiz g'alabasi bilan yakunlandi.
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi tarkibida Mahliyo Sarikova va Nilufar Qudratova dubl muallifiga aylanishgan bo'lsa, yana bitta golga Saida Galimova mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi 1-9 aprel kunlari Toshkentdagi «Lokomotiv» va «Toshkent temir yo'lchilar muhandislik instituti» stadionlarida bo'lib o'tadi. Terma jamoamiz Vetnam, Gonkong va Iordaniya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.