"Nottingem Forest"ning braziliyalik himoyachisi Murillo faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Caught Offside nashri jurnalistlari tarqatgan xabarga ko'ra 23 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. "O'rmonchilar" esa braziliyalik futbolchi bilan 80-90 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Muriloning "Nottingem" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Himoyachi joriy mavsum 12 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali uning narxini 55 million evroga baholamoqda.