Kelasi mavsumdagi Chempionlar ligasining asosiy bosqichi uchun to'qqizta jamoa o'z yo'llanmasini naqd qildi. 2026/2027 yilgi mavsumda qit'aning eng nufuzli klublik turnirida ishtirok etadigan jamoalar bilan tanishing.

Angliya: «Arsenal», «Manchester Siti».

Italiya: «Inter».

Ispaniya: «Barselona», «Real Madrid».

Germaniya: «Bavariya», «Borussiya Dortmund».

Frantsiya: «PSJ».

Niderlandiya: PSV.

Eslatib o'tamiz, shu kunlarda 2025/2026 yilgi mavsumning ilk yarim final bahslari bo'lib o'tadi:

Seshanba, 28 aprel: «PSJ» o'z maydonida «Bavariya»ni qabul qiladi.

Chorshanba, 29 aprel: «Atletiko» va «Arsenal» o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi «PSJ» jamoasi hisoblanadi.