9 nafar bokschimiz bugun IBA jahon chempionatining yarim final jangini o'tkazadi (raqiblarimiz aniq)

BAAning Dubay shahrida o'tayotgan boks bo'yicha IBA jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun musobaqada yarim final janglari tashkil etiladi. Mazkur bosqichga O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar a'zosi etib keldi. Bugun ringga ko'tariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-54 kg: Asilbek Jalilov - Vyacheslav Rogozin (Rossiya) 17:30
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Artur Bazeyan (Armaniston) 18:00
-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Alexandru Paraschiv (Moldova) 18:30
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Sabirjan Akkalikov (Qozog'iston) 19:00
+92 kg: Arman Maxanov - Davit Chaloyan (Armaniston) 20:00
-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Rudolf Garboyan (Armaniston) 22:00
-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Xusravxon Rahimov (Tojikiston) 22:45
-80 kg: Javohir Ummataliev - Arlen Lopez Kardona (Kuba) 00:00
-92 kg: To'rabek Habibullaev - Alfonso Dominges (Ozarbayjon) 00:30
Janglar Toshkent vaqti bilan 17:00 da va ikkinchi dastur 22:00 da start oladi.