Ikardi umumiy mashg'ulotlarga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441
“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.
26 yoshli futbolchi maydon yuzini 13 fevraldan beri ko'rmayotgan edi. O'sha kuni “neradzurrilar” argentinalik futbolchini sardorlik bolichidan mahrum qilib, uni darvozabon Samir Xandanovichga topshirgan.
“Inter” Ikardisiz 9 ta o'yin o'tkazdi. “Inter” o'zining rasmiy bayonotida, Ikardi tizzasida jarohat borligi sabab, o'yinlarni va mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi deya xabar bergan edi.
Ma'lumot o'rnida, 31 mart kuni “A” Seriya doirasida “Inter” o'z maydonida “Latsio”ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!