"Nyukasl" yana bir hujumchi bilan muzokara o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Jamoa qishki transferlar vaqtida o'ziga yangi forvard sotib olish niyatida.
Jurnalist Fabritsio Romano Twitterda xabar berishicha, ayni damda "Nyukasl" Frantsiyaning "Reyms" klubi hujumchisi Xugo Ekitikeni sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Frantsuz klubi forvard uchun 30 million evro so'ramoqda.
Joriy mavsum 19 yoshli futbolchi Liga-1ning 17 o'yinida maydonga tushib, 8 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 5,40 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305