Braziliyalik himoyachiga "Inter", "Milan" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

"Torino"ning 24 yoshli markaziy himoyachisi Gleyson Bremerga "Inter", "Milan" va "Tottenxem" da'vogarlik qilmoqda. Braziliyalik futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan, futbolchi shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
“Torino” futbolchini sotishdan 25-30 million evro ishlab olishni mo'ljallamoqda, deb yozadi italiyalik jurnalist Nikolo Shkira.
Bremer "Torino"ga 2018 yilning yozida "Atletiko Mineyro"dan kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda A Seriyaning ettita o'yinida Bremer "Torino"ni jamoa sardori sifatida maydonga tushirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391