Bundesliga klubi polshalik futbolchini xarid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
«Volfsburg» Polshaning «Lex» klubi yarimhimoyachisi Yakub Kaminski transferini e'lon qildi.
19 yoshli futbolchi yozda nemislar safiga kelib qo'shiladi. U klub bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi. OAV xabariga ko'ra, transfer summasi taxminan 10 million evroni tashkil qilgan.
Ma'lumot uchun, Kaminski joriy mavsum «Lex» safida 19 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yakub o'tgan yili Polsha terma jamoasida debyut qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293