«Chelsi» Destni sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Serjino Dest «Chelsi»ning asosiy transfer maqsadiga aylandi.
Gap shundaki, «ko'klar»ning asosiy chap qanot himoyachisi Ben Chilvell mavsum yakuniga qadar jarohati tufayli safdan chiqqan edi. Mavsumning qolgan qismida «Chelsi»ning yagona sog'lom chap qanot himoyachisi - Markos Alonso. Jamoa sardori Sezar Aspilikueta ham bu pozitsiyada o'ynashga qodir, lekin ko'pincha u o'ng qanotda yoki himoyaning markazida o'ynaydi.
«Chelsi» Dest transferi bo'yicha hali «Barselona» bilan bog'lanmagan, ammo vaziyat londonliklarni yaqin kelajakda shunday qilishga majbur qilishi mumkin. Joriy mavsumda La Ligada Dest «Barsa» tarkibida 12 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297