"Qo'qon-1912": Qo'qondagi yig'in yakuniga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

“Qo'qon-1912” jamoasining 2022 yildagi rejasidan o'rin olgan dastlabki o'quv-yig'ini o'z yakuniga etdi.
“Shunqorlar” 4 yanvardan bugunga qadar Qo'qon shahrida o'z mashg'ulotlarini olib borishdi. Navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari Toshkent shahrida olib boriladi. Futbolchilar ertadan poytaxtda to'planishadi va mashg'ulotlarga kirishishadi. Baxtiyor Ashurmatov rahbarligidagi murabbiylar shtabi selektsiya ishlarini ham davom ettirishmoqda. Jamoaning Toshkentdagi yig'iniga bir nechta yangi futbolchilarning qo'shilishi kutilmoqda.
Murabbiylarning rejalariga ko'ra poytaxtdagi yig'in mobaynida superliga jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish ham o'rin olgan. Hozircha 15 yanvar kuni “Bunyodkor” jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi aniq bo'lgan. Toshkent yig'ini 23 yanvarga qadar davom etadi.
Manba: Qo'qon-1912 matbuot xizmati
Bosh sahifaga
311