Keza operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Yuventus" rasmiy saytida hujumchi Federiko Keza chap tizzasining xoch bo'g'imidan jarohat olganini tasdiqladi. Futbolchiga jarohatini davolash uchun operatsiya kerak bo'ladi va u yaqin kunlarda amalga oshiriladi.
Italiya matbuoti xabariga ko'ra, Kezaning tiklanishi uchun kamida olti oy kerak bo'ladi, ya'ni futbolchi uchun joriy mavsum yakunlangan.
24 yoshli italiyalik joriy mavsumda jamoa safida barcha turnirlarda 18ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356