"Real Madrid" "Borussiya D" futbolchisi bilan yozda shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 364

Xabar qilinishicha, "Real Madrid" Dortmundning "Borussiya" klubi vunderkindi Jovanni Reynani yozda jamoa safiga qo'shib olishni rejalashtirgan.
Fichajes xabariga ko'ra, "Real Madrid" amerikalik Jovanni Reynaga qiziqish bildirmoqda va hujumkor yarim himoyachining transferi ustida ish olib bormoqda.
Angliyaning Durham shahrida tug'ilgan Reyna AQShdagi futbol sayohatini "Nyu-York Siti" akademiyasi bilan boshlagan. Yosh futbolchi 2019 yilda Dortmund klubi bilan shartnoma imzolab, Evropaga qaytgan. Jio Reyna 2020 yil boshida Signal Iduna Park egalarining asosiy tarkibidan joy olgan.
Xavbek shu kungacha “asalarilar” safida 69 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
439