Jahonning eng qimmat tarkibga ega futbol klublari reytingi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235

Germaniyaning Transfermarkt portali jahonning eng qimmat tarkibga ega bo'lgan futbol klublari reytingini tuzib chiqdi.
Reytingning birinchi pog'onasidan «Manchester Siti» o'rin oldi. «Shaharliklar» tarkibining umumiy qiymati 992 million evroga baholangan. Ikkinchi o'rinni «PSJ» egalladi — 916 mln evro. Kuchli uchlikka esa «Chelsi» (879 mln evro) yakun yasab bergan.
Kuchli beshlikdan, shuningdek, Angliyaning yana klubi «Manchester Yunayted» va «Liverpul» o'rin olgan. «Real» (780 mln evro) reytingda 7-o'rinda qayd etildi, «Barselona» (638 mln evro) esa 10-pog'onaga joylashtirilgan.
Dunyoning eng qimmat tarkibga ega 10 klubi:
1. «Manchester Siti» — 992 million evro;
2. «PSJ» — 916 mln evro;
3. «Chelsi» — 879;
4. «Manchester Yunayted» — 865;
5. «Liverpul» — 861;
6. «Bavariya» — 820;
7. «Real» — 780;
8. «Atletiko M» — 649;
9. «Tottenhem» — 643;
10. «Barselona» — 638.

Bosh sahifaga
382