"Barselona" sotolmayotgan futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

"Barselona" himoyachi Samuel Umtiti bilan shartnomani uzaytirdi. Klub sayti xabariga ko'ra, yangi shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Shu bilan birga, frantsiyalik futbolchi maoshini qisqartirishga rozi bo'ldi. Endi kataloniyaliklar Ferran Torresni La ligada ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli Umtiti "Barselona"ga 2016 yilda "Lion"dan kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda futbolchi Ispaniya chempionatining bitta o'yinida ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
397