Mbappe Benzema haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasida birga to'p surayotgan "Real" forvardi Karim Benzema haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“U hozir boshidan kechirayotgan hamma narsaga loyiq. Benzema – ajoyib o'yinchi, u "Real Madrid" tarixida o'z izini qoldirishga erishdi.
Shuningdek, Karim Frantsiya terma jamoasiga ham qaytdi. Biz uning qaytganidan juda xursandmiz”, – dedi Kilian "TF1"ga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Benzema "Real Madrid" safida 584 ta o'yinda 301 ta gol va 152 ta golli uzatmani amalga oshirgan va klub bilan 19 ta sovrin, jumladan, 4 tasi Chempionlar ligasida g'alaba qozongan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375