Keza uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

“Yuventus” hujumchisi Federiko Keza Italiya chempionatining 21-turi doirasidagi “Roma”ga qarshi o'yinda (4:3) jarohat oldi, deb xabar beradi DAZN.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining tizzasidagi xoch bog'lami yorilgan bo'lishi mumkin. Bu holatda futbolchi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Futbolchining holati ertaga ma'lum qilinadi. Shuningdek, jarohat olganidan so'ng, u mustaqil harakatlana olmadi.
Keza 32-daqiqada almashtirildi. Uning o'rniga Deyan Kulushevski maydonga tushdi. 24 yoshli italiyalik joriy mavsumda jamoa safida barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309