Yana bir “Tottenxem” futbolchisi jamoadan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Angliyaning “Tottenxem” klubi yanvar oyida frantsiyalik yarimhimoyachi Tangi N’Dombele klubni tark etish haqida o'ylamoqda. Futbolchi sotilishi, ijaraga berilishi yoki birorta xaridgaqo'shilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano tvitterda xabar berdi.
25 yoshli N’Dombele2019 yilda 60 million evro evaziga “Lion”dan ingliz klubiga o'tgan edi. Mourino qo'l ostida frantsiyalik futbolchi barcha turnirlarda 57 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda N’Dombele14 uchrashuvda 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining bozor qiymati 38 million evroga baholanmoqda.
Avvalroq, “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchini taklif qilish bilan qiziqayotgani haqida xabar berilgandi, ammo hozirda Italiya klubi boshqa futbolchilarni xarid qilish bilan band.

Bosh sahifaga
277