"Jenoa" Shevchenko murabbiyligida hali A Seriyada g'alaba qozonmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Italiya chempionati 21-turidan o'rin olgan uchrashuvda “Jenoa” o'z maydonida “Spetsiya”ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Andrey Shevchenko bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin Genuya jamoasi hali A Seriyada g'alaba qozona olgani yo'q.
“Jenoa” chempionatda to'qqizta o'yin o'tkazib, oltita mag'lubiyat qayd etgan. Shuningdek, uch marta durang o'ynagan.
Genuyaliklar Shevchenko qo'l ostidagi yagona g'alabani Italiya kubogida "Salernitana"ni mag'lub etib (1:0) qo'lga kiritgan.
Ma'lumot uchun, ukrainalik sobiq futbolchi koronavirus tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348