“Tottenxem” hujumchisi jamoadan ketishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

Londonning “Tottenxem” klubi hujumchisi Stiven Bergveyn qishki transfer oynasida jamoani tark etadi. Gollandiyalik futbolchining xizmatlariga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano tvitterda xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Bergveyn uchun allaqachon taklif bilan chiqqan jamoalar orasida futbolchining to'liq transferiga qiziqayotgan “Ayaks” ham bor. Biroq tomonlar bitim bo'yicha haligacha kelishmagan.
Bergveyn 2020 yilning yanvar oyida PSVdan 30 million evro evaziga “Tottenxem”ga o'tgan edi. Bu mavsumda gollandiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 12 o'yinda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Bergveynning shartnomasi 2025 yilda tugaydi, Transfermarkt futbolchining bozor narxini 18 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
273