A Seriya. "Yuventus" "Roma" maydonida fantastik kambek amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

Italiya chempionati 21-turidan o'rin olgan markaziy "Roma" – "Yuventus" uchrashuvi yakunlandi. "Olimpiko" stadioni mezbonlik qilgan o'yinda turinliklar 4:3 hisobida irodali g'alabaga erishdi.
Dastavval, Abraxam o'yinning 7-daqiqasida hisobni ochdi. Bu golga Dibala tezkorlik bilan javob qaytardi.
Ikkinchi bo'lim boshida Mxitaryan va Pellegrini kiritgan gollar evaziga "bo'rilar" hisobda ishonchli ko'rinishda oldinga chiqib olgan edi. Ammo o'yin yakunida qandaydir 7 daqiqa ichida "keksa sinora" 3 bor gol urib, Rimdan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.
Shuningdek, o'yinning ikkinchi bo'limning 81-daqiqsida o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagan De Ligt ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi. Penaltidan "Roma" sardori Lorentso Pellegrini unumli foydalana olmadi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 71-daqiqada Afena-Gyan o'rniga maydonga tushirildi.
Italiya chempionati, 21-tur
"Roma" – "Yuventus" – 3:4
Gollar: Abraxam, 11 (1:0). Dibala, 18 (1:1). Mxitaryan, 48 (2:1). Pellegrini, 53 (3:1). Lokatelli, 70 (3:2). Kulushevski, 72 (3:3). De Shilo, 77 (3:4)
Foydalanilmagan penalti: Pellegrini, 83
Roma: Ruy Patrisiu, Smolling, Kristante, Rodjer Ibanes, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Peres, 78), Pellegrini (Mayoral, 87), Meytland-Nayls, Abraxam, Afena-Gyan (Shomurodov, 71)
Yuventus: Shensnii, De Shilo, Rugani, de Ligt, Kuadrado, Lokatelli, Bentankur (Artur, 64), Makkenni, Keza (Kulushevski, 32), Kin (Morata, 64), Dibala (Kellini, 82)
Ogohlantirishlar: Veretu 50, Rodjer Ibanes 51, Kristante 76 - Kuadrado 45, de Ligt 52, Lokatelli 65
Chetlatish: de Ligt 81
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
341